Amerikaga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlariga chek qo‘yildi, deb xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX). Unga ko‘ra, DXX xodimlari tomonidan noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash yo‘nalishida ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.
DXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand shahrida yashovchi shaxs mahalliy fuqaroning ishonchiga kirgan. Meksika davlati orqali AQSHga yuborishni vaʼda qilgan. Bu uchun 25 ming AQSH dollari talab qiladi. Mazkur shaxs hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga oldindan 15 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, Pastdarg‘om tumanida yashovchi shaxs Kattaqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi tanishi bilan kelishgan. Ular mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, uni...