Airbus Helicopters kompaniyasi O‘zbekistonning harbiy va ikkiyoqlama texnikalarni import qilish bilan shug‘ullanuvchi davlat korxonasi bilan Flexrotor tizimlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida xabar berdi.
Hozircha nechta dron sotib olinayotgani oshkor qilinmagan. Airbus Helicopters kompaniyasining ijrochi vitse-prezidenti Olive Mikalonning aytishicha, O‘zbekiston ushbu texnologiyani tanlagan birinchi Markaziy Osiyo davlati bo‘ldi. Flexrotor dronlari razvedka, kuzatuv, maqsadni aniqlash va axborot yig‘ish kabi vazifalar uchun mo‘ljallangan.
Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston ushbu tizimlardan uchuvchi vertolyotlar bilan birgalikda ishlaydigan zamonaviy crewed-uncrewed teaming operatsiyalarida foydalanishni rejalashtirmoqda.
Flexrotor 25 kilogramm og‘irlikka ega bo‘lib, 12–14 soatgacha parvoz qila oladi va turli sensorlar bilan...