Eron oliy rahbarining maslahatchisi, general-mayor Rahim Safaviy ShHT mamlakatlariga hujum qilmaslik to‘g‘risida shartnoma tuzishni taklif qildi, deb xabar berdi Mehr agentligi.
Eronning yuqori martabali harbiy zobitining qo‘shimcha qilishicha, uning mamlakati va Xitoy barcha turdagi tahdid va manfaatlar bo‘yicha umumiy tushunchaga erishishi kerak.
Eron qurolli kuchlari bu yil dunyodagi eng kuchli armiyalar reytingida 17-o‘rinni egalladi. Mamlakatning mudofaa byudjeti 5,5 milliard dollarga baholanmoqda.Harbiy xizmatchilarning umumiy soni qariyb 1 million kishini tashkil etadi, shundan 575 ming nafari xizmatda.
Eron 4 ming tank va 69,8 ming zirhli texnika bilan qurollangan.Samolyot va vertolyotlarning umumiy soni 541 dona.
Eslatib o‘tamiz, Eron shu yil yozida...