Brent nefti fyucherslari Eron prezidenti Ibrohim Raisi vafot etgani haqidagi xabarlar ortidan bir barrel uchun $83 tushib ketdi, deb xabar bermoqda «Trading economics» portali.
WTI neftining narxi ham pasaydi: barrel uchun taxminan $79.
Neft narxining tushishiga investorlarning Yaqin Sharqdagi so‘nggi voqealarga bahosi sabab bo‘ldi. Ular orasida Raisi o‘limi va Saudiya Arabistonining 88 yoshli qiroli Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning sog‘lig‘ining yomonlashuvi bor.
Portal tahlilchilarining ta’kidlashicha, hozirgacha treyderlar neft ta’minoti barqarorligidan xavotir olishgani yoq, chunki bu sohada muammolar kuzatilmayapti.
Shu bilan birga, bozorlar OPEK davlatlarining bo‘lajak yig‘ilishini intiqlik bilan kutmoqda, unda ular xom ashyo ishlab chiqarishni qisqartirish rejimini...