So‘nggi sutka davomida sport yulduzlari ijtimoiy tarmoqlarda nimalarni ulashdi? Abduqodir Husanov «shaharliklar» reklama hamkorlari libosida ko‘rinish berdi, Eldor Shomurodov merganlikda o‘zini sinab ko‘rdi, Maxmud Muradov esa shaxsiy hayotidagi yangiliklar bilan bo‘lishdi.
Husanov «Manchester Siti»ning yangi reklama libosida
O‘zbekistonlik iqtidorli himoyachi Abduqodir Husanov «Manchester Siti» va Puma hamkorligida tayyorlangan yangi libosda namoyon bo‘ldi. So‘nggi uchrashuvlarda muntazam asosiy tarkibdan joy olib kelayotgan futbolchi «shaharliklar»ning ishonchli qo‘rg‘oniga aylanib ulgurdi.
Abbos Fayzullayevdan ajoyib gol
Turkiya yashil maydonlarida o‘z mahoratini ko‘rsatayotgan Abbos Fayzullayev mashg‘ulotlar jarayonida faolligini yo‘qotgani yo‘q. Futbolchi navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish asnosida darvozaga chiroyli gol urishga muvaffaq...