Toshkent shahrida 28-sentyabrga o‘tar kechasi aeroportning bojxona ombori hududida kuchli portlash sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
«Bugun, 28-sentyabr kuni soat 02:43 da Favqulodda vaziyatlar vazirligining navbatchilik bo‘limiga Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi “Quruvchilar» mavzesida joylashgan omborlardan birida kuchli yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushdi.
Boshqarmaning aniqlik kiritishicha, 16 nafar yong‘in-qutqaruv guruhi voqea joyiga soat 02:48 da yetib kelgan va hozirda yong‘inni o‘chirish ishlari olib borilmoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda portlash samolyot halokati tufayli sodir bo‘lgani haqidagi mish-mishlarni ham rad etdi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, portlash to‘lqini epitsentrdan 30 kilometr uzoqlikda ham sezilgan. Yaqin atrofdagi uylarning...