O‘zbekiston o‘zining savdo hamkorlarini diversifikatsiya qilish ustida ishlamoqda. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev Bloombergga bergan intervyusida gapirib o‘tdi. Intervyu O‘zbekiston-Amerika biznes-forumi doirasida Vashingtonda bo‘lib o‘tdi.
«Geosiyosiy vaziyat shuni ko‘rsatmoqdaki, savdo hamkorligida faqat bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi — bu ishonchli emas. O‘zbekiston savdo sheriklari va investitsiyalarini, jumladan, “iqtisodning nozik tarmoqlarida» diversifikatsiya qilishga intiladi”, – dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev.
2030-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulot hajmini 160 mlrd dollarga yetkazmoqchi. Buning uchun mamlakat AQSh, Rossiya va Xitoy manfaatlari o‘rtasida muvozanatni saqlashi kerak, bu esa bugungi kunda borgan sari tarqoqlashib borayotgan global iqtisodiyot muhitida...