Unda «BRIO GROUP» MCHJ (Oson) to‘lov tashkiloti tomonidan oluvchisi yoki jo‘natuvchisi haqidagi talab qilingan maʼlumotlarni aks ettirmasdan va ushbu turdagi xalqaro pul o‘tkazmalarini aniqlash bo‘yicha asosli va imkoni mavjud bo‘lgan zaruriy choralar ko‘rilmaganligi maʼlum qilinadi.
Oson to‘lov tashkiloti xorijiy bankda hisobvaraq ochib, mazkur bank hisobvarag‘i orqali «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi Qonun talablariga zid ravishda amaliyotlar o‘tkazgan.
Ta’kidlash joizki, to‘lov tashkilotlari Markaziy bank litsenziyasi asosida respublika hududida to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga ega.
To‘lov xizmatlari – to‘lov yetkazib beruvchining (to‘lov tashkiloti) to‘lov xizmatlaridan foydalanuvchiga (mijozga) ko‘rsatadigan xizmatidir. Bunda to‘lov tashkilotlari bevosita tovarlarni (xizmatlarni) sotib oluvchi yoki sotuvchi sifatida ishtirok etmaydi. To‘lovlarini...