Bugun — 4-sentyabr kuni Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi 10,16 mingta maktabda 700 ming nafardan ortiq o’gil-qizlar umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilindi. Ularga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat prezident sovg‘alari topshirildi. «Kursiv» nashri Buxoroda birinchi qo‘ng‘iroq qanday bo‘lib o‘tgani aks etgan suratlarni to‘pladi.
Umumta’lim maktbalarida tahsil olayotgan 6,5 mlndan ortiq o‘quvchilar ishtirokida «Birinchi qo‘ng‘iroq» tadbirlari tashkil etildi. Birinchi dars soati — «Mustaqillik darslari» bilan boshlandi.
Shu o’rinda, Buxoro viloyatining 2023-2024- o‘quv yilida 547 ta viloyat maktablarining 1-sinflariga 35,3 ming nafar o‘quvchilar qabul qilindi.
Jumladan, Buxoro shahar 24-son «Nurli maskan» ixtisoslashtirilgan maktab–internatida 287 nafar ko’zi ojiz...