Kompaniya beshta davlat mansabdor shaxslariga pora berganlikda ayblangan
AQSh Qimmatli qog’ozlar va birjalar komissiyasi Ericsson telekommunikatsiya kompaniyasidagi korruptsiya haqida gapirgan ma’lumot beruvchiga rekord darajadagi 279 million dollar to’ladi, yozadi The Wall Street Journal.
Mukofot Ericsson 2019 yilda Amerika Qo’shma Shtatlari rasmiylari bilan kelishuv bitimi tuzganidan keyin to’langan. Kompaniya mamlakatdagi korruptsiya qonunlarini chetlab o’tishga urinishda ayblangan. Ericsson 1,1 milliard dollardan voz kechishga majbur bo’ldi va keyinchalik bu miqdor yana 207 million dollarga ko’paydi.
Ma’lumot beruvchining ismi noma’lum. U mukofotni komissiya tomonidan 1 million dollardan ortiq undirish sharti bilan penya summasining 10 foizidan 30 foizigacha miqdorda tovon to‘lashni nazarda tutuvchi davlat dasturi...