2025-yil yanvar – dekabr oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 6,3 mln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 18,9 foizga yuqori.
Hududlar kesimida eng yuqori o‘rtacha oylik ish haqi Toshkent shahrida qayd etildi. Poytaxtda bu ko‘rsatkich 10,7 mln so‘mni tashkil etib, bir yil ichida 18,3 foizga oshdi. Eng past ko‘rsatkichlar Qashqadaryo ( 4,4 mln so‘m), Surxondaryo (4,5 mln so‘m) viloyatlarida kuzatildi.
O‘z navbatida, yuqori o‘sish sur’atlari Namangan viloyatida qayd etildi. Bu hududda o‘rtacha ish haqi 4,7 mln so‘mga yetdi va o‘sish 22,8 foizni tashkil qildi. Shuningdek, Sirdaryo viloyatida ish haqi 20,8 foizga, Jizzax...