«Ko‘ksaroy» qarorgohida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya rahbari Serjio Mattarella muzokara o‘tkazdi. Italiya tomoni O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga muddatidan oldin a’zo bo‘lishini va Yevropa Ittifoqi bilan kengaytirilgan sheriklik to‘g‘risidagi bitimni qabul qilishni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Tomonlar ilgarigi kelishuvlar bo‘yicha erishilgan natijalarni ham muhokama qildilar. Joriy yil boshidan buyon o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 30 foizga oshdi. Qo’shma loyihalar portfeli 9 mlrd yevroni tashkil etdi. Savdo munosabatlarini rivojlantirish uchun yagona Kompleks dastur ishlab chiqish taklif etildi.
Davlat rahbarlari kelgusi yilda tashqi ishlar vazirlari darajasidagi Strategik muloqotning birinchi yig‘ilishini o‘tkazish va «Markaziy Osiyo – Italiya» muloqoti doirasidagi hamkorlikni davom ettirishga qaror...