2025-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 84,8 mlrd kVt/soatni tashkil etdi. Bu 2024-yilga nisbatan 4 foizlik o‘sishni anglatadi. Biroq o‘sish sur’ati sekinlashdi: bir yil avval elektr ishlab chiqarish 5 foizga oshgan edi. Bu Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida ma’lum bo‘ldi.
Yil davomida elektr energiyasi ishlab chiqarish 3,2 mlrd kVt/soatga ko‘paygan. Shunga qaramay, yirik energetika korxonalarida ishlab chiqarish pasayishda davom etdi. Asosan, gazda ishlaydigan ushbu stansiyalarda elektr ishlab chiqarish 11,4 foizga qisqarib, 71 mlrd kVt/soatdan 62,9 mlrd kVt/soatgacha tushdi. Taqqoslash uchun, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 7,8 foizga kamaygan edi.
Mazkur yo‘qotishlar kichik korxonalar hisobiga qoplandi. Jumladan, quyosh va...