Geely’ga tegishli SiEngine kompaniyasi 2 048 TOPS quvvatli ADAS chiplarini ommaviy ishlab chiqara boshladi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, AD1000 chipi 512 TOPS hisoblash quvvatiga ega. Bir nechta chipni birgalikda ishlatish orqali umumiy quvvat 2 048 TOPS’gacha yetadi. Bu yechim L2’dan L4’gacha avtonom haydash tizimlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
AD1000 7 nm ko‘p yadroli arxitekturaga ega. Xotira o‘tkazuvchanligi 204 GB/s’ni tashkil qiladi. Chip EVITA xavfsizlik standartlarini qo‘llaydi va apparat darajasidagi kriptografik himoyaga ega.
SiEngine chiplarini Geely Galaxy, Lynk & Co, Volvo, Hongqi, Changan Nevo va Volkswagen modellarida uchratish mumkin. Kompaniya Xitoyda 7 nm cockpit SoC ishlab chiqarayotgan yagona mahalliy...