O‘zbekiston sanoatini yangi texnologik bosqichga olib chiqish va qo‘shilgan qiymat zanjirini kengaytirish bo‘yicha yirik dastur 2026-yilda start oladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev bugun, 26-dekabr kuni o‘tkazilayotgan murojaatnomada ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, dastur maqsadi – kelgusi besh yil ichida sanoatda qo‘shilgan qiymatni $36,5 milliarddan $60 milliardga yetkazish, shuningdek, yuqori va o‘rtadan yuqori texnologiyali mahsulotlar hajmini 2,5 baravar oshirishdan iborat.
Kelgusi yil davomida $52 milliardlik 782 ta yangi sanoat va infratuzilma loyihasi ishga tushiriladi. Shulardan $14 milliardlik 228 yirik quvvat bir yil ichida faoliyat boshlaydi.
Jumladan, Navoiydagi oltin konlarida $320 millionlik loyiha ishga tushadi, qo‘shimcha 2 million tonna ma’dan qayta ishlanadi...