O‘zbekistonda endi sun’iy intellekt yordamida shaxsga doir ma’lumotlarga noqonuniy ishlov berganlik uchun javobgarlik belgilandi. Bu bo‘yicha 21-yanvar kuni ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Ya’ni «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonunga sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning umumiy asoslarini belgilash hamda ushbu sohadagi vakolatli davlat organining vakolatlarini aniqlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, sun’iy intellekt – insonning bilim va ko‘nikmalariga taqlid qilish, mustaqil o‘rganish, yechimlarni izlash va aniq vazifalarni bajarishda inson aqliy faoliyati natijalari bilan taqqoslanadigan natijalarni olish imkonini beruvchi texnologik yechimlar majmui. Insonning huquqi va erkinligiga aloqador bo‘lgan yuridik ahamiyatga ega qarorlarni qabul qilishda faqat sun’iy intellektdan foydalanib...