O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasining Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qilishicha, joriy yilning to‘qqiz oyi davomida birja orqali 3,7 tonna oltin sotilgan. Bu 2024-yilning mos davrida qayd etilgan 1,7 tonnadan 122 foizga ko‘p.
Oltin savdosining umumiy qiymati 4,9 trln so‘mni tashkil etgan. O‘tgan yilda bu ko‘rsatkich 1,6 trln so‘m edi. Shuningdek, oltinning o‘rtacha sotilish narxi 923,7 mlrd so‘mdan 1,3 trln so‘mga oshgan (bir tonna uchun), ya’ni taxminan 41 foizga qimmatlashgan.
Kumush bozorida esa pasayish kuzatildi. 2024-yilning yanvar – sentabr oylarida 302 kg kumush sotilgan bo‘lsa, 2025-yilda bu hajm 280,2 kgni tashkil etdi. Sotuv hajmi yetti foizga kamaygan, biroq o‘rtacha sotilish narxi 10,9 mlrd...