Bruklin Pelts Bekhem ota-onasi bilan munosabatlari haqidagi xabarlarga ilk bor munosabat bildirib, oilasi bilan yarashishni istamasligini aytdi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
26 yoshli influenser Instagram sahifasida ota-onasini o‘zi va rafiqasi Nikolaga qarshi matbuotda «hujum qilish»da va munosabatlarini buzishga urinishda ayblagan. Bruklin o‘z bayonotida uzoq yillik sukunatdan so‘ng haqiqatni aytishga majbur bo‘lganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ota-onasi Devid va Viktoriya Bekhem hamda ularning jamoasi matbuotga yolg‘on ma’lumotlar sizdirgan.
«Men oilam bilan yarashishni xohlamayman. Men boshqarilmayapman, hayotimda birinchi marta o‘zim uchun turibman», – deb yozdi u o‘zining Instagram sahifasida.
Mojaroning asosiy sabablari sifatida Bruklin...