Xiaomi kompaniyasi tomonidan yangi Xiaomi Pad 8 Pro plansheti taqdim etildi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar bermoqda.
U 11,2 dyuymli IPS ekranga ega bo‘lib, tasvir aniqligi 3200 x 2136 piksel, yangilanish tezligi esa 144 Hz. Displey HDR10, Dolby Vision va HDR Vivid texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Planshet Snapdragon 8 Elite protsessorida ishlaydi va Android 16 asosidagi HyperOS 3.0 tizimi bilan ta’minlangan. Ushbu tizim katta ekranlar uchun maxsus optimallashtirilgan bo‘lib, ko‘p oynali rejim va interfeys yaxshilangan.
Asosiy kamera 50 MP (F/1,8 diafragmaga ega, 4K 60 fps video yozadi), old kamera esa 32 MP. Qurilmada 4 ta dinamik va 4 ta mikrofon...