Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi 2025-yilda qidiruvga berilgan shaxslar va ular sodir qilgan jinoyatlar bo‘yicha ma’lumot berdi.
O‘tgan yil davomida shahar IIBB, hududiy tizimlar, prokuratura va sud organlari tomonidan 3923 nafar shaxs qidiruvga berilgan, ulardan 2146 nafari qo‘lga olingan.
Jinoyatlar tahliliga ko‘ra, eng ko‘p qidiruvdagi shaxslar firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etgan – 1084 nafar. Shuningdek, o‘g‘irlikda 293, giyohvandlik moddalari bilan bog‘liq jinoyatlarda 143 nafar shaxs qidiruvda bo‘lgan.
Qotillik, og‘ir tan jarohati, odam savdosi va talonchilik kabi jinoyatlar bilan bog‘liq qidiruvdagi shaxslar soni esa nisbatan kam: qotillikda 6, og‘ir tan jarohati yetkazishda 18, odam savdosida 7, talonchilikda...