2025-yilning 11 oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Gruziyadan reeksport qilinayotgan avtomobillar bo‘yicha eng tez o‘sayotgan yo‘nalishlardan biri sifatida qayd etildi. Bu haqda Gruziya Milliy statistika xizmati ma’lumotlariga tayanib Kazinform agentligi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, import hajmi mazkur davr mobaynida $72 mlnlik yengil avtomobillar yetkazib berilgan. Yuqoridagi ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan besh barobardan ko‘proq oshganini tasdiqlaydi. O‘zbekiston Gruziyadan avtomobil reeksporti bo‘yicha Markaziy Osiyodagi eng faol bozorlardan biriga aylandi.
Avtomobillar soni bo‘yicha yetakchilikni Qozog‘iston egalladi. Ushbu davlatga 41,6 mingta avtomobil import qilindi. Yetkazib berishlarning umumiy qiymati $735 mlnni tashkil etdi. Pul ifodasida eng yirik importyor sifatida Qirg‘iziston yetakchilikni saqlab qoldi. Bu davlatga...