Hyundai kompaniyasi Sonata sedanining to‘qqizinchi avlodini mutlaqo yangi talqinda ishlab chiqmoqda. Bu haqda Crascoops ma’lum qildi.
Janubiy Koreya manbalariga ko‘ra, yangi Sonata «Art of Steel» («Po‘lat san’ati») uslubidagi dizaynga ega bo‘ladi. Ushbu futuristik dizayn 1980-yillarning o‘rtalaridagi birinchi avlod Sonata modeliga bevosita ishora qiladi.
Avtomobilning tashqi ko‘rinishi burchakli shakllar, keskin qirralar va «kvadrat» siluet bilan ajralib turadi. Bu dizayn elektrli Ioniq 5 va N Vision 74 konseptlariga o‘xshash tarzda yaratilgan.
Shuningdek, dvigatel bo‘limida ham jiddiy o‘zgarishlar kutilmoqda. Hyundai ushbu model uchun sof benzinli ichki yonish dvigatellaridan voz kechib, faqat hibrid quvvat tizimlarini taklif etadi. To‘qqizinchi avlod o‘z-o‘zini zaryadlaydigan va...