AQSh ma’muriyati 14-yanvar kuni Eronda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan 800 ta qatl ijrosi vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qildi. Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda.
Donald Tramp o‘z manbalariga tayanib Erondagi qatllar to‘xtatilishini ma’lum qilgan, biroq Oq uy rasmiysi ushbu axborotning birlamchi manbasiga aniqlik kiritmadi. Eron sud hokimiyati rahbari G‘ulom Husayn Muhsiniy-Ejeiy namoyishlarda qo‘lga olingan 18 ming kishining ishi tezlashtirilgan tartibda ko‘rib chiqilishi va qisman o‘lim hukmlari chiqarilishi mumkinligiga ishora qilgan bo‘lsa-da, mamlakat Tashqi ishlar vaziri Abbos Arog‘chiy hukumatning odamlarni osish rejasi yo‘qligini bildirdi.
Ayni paytda Eron rasmiylari Iroq bilan chegara hududidagi havo kengliklarini yopishga buyruq bergan, bu esa AQShning ehtimoliy...