AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan joriy etilgan sayohat taqiqlari sababli Eron, Gaiti, Kot-d’Ivuar va Senegal muxlislari 2026-yilgi Jahon chempionati o‘yinlariga bora olmasligi mumkin. Bu haqda Fox News xabar berdi.
AQSh, Kanada va Meksikada o‘tadigan turnir 11-iyundan 19-iyulgacha davom etadi. Prezident ma’muriyati 30 dan ortiq davlat fuqarolariga to‘liq yoki qisman kirish taqiqlarini joriy qilgan bo‘lib, ulardan to‘rttasi turnir ishtirokchilaridir. O‘yinchilar va jamoa xodimlari uchun istisnolar mavjud bo‘lsa-da, oddiy muxlislar viza olishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
«Agar AQSh ayrim tashrif buyuruvchilarni kiritmasa, unda mamlakat Jahon chempionatini o‘tkazishga rozi bo‘lmasligi kerak edi. Har kim o‘z jamoasini qo‘llab-quvvatlay olishi uchun...