Rossiyaning «Iqtisod oily maktabi» milliy tadqiqot universitetida tahsil olayotgan 31 nafar o‘zbekistonlik talabaga nisbatan qo‘llanilgan ma’muriy choralar bekor qilindi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili matbuot xizmati xabar berdi.
Muammo joriy yilning oktabr oyida O‘zbekiston Ombudsmanining Rossiyaga tashrifi davomida o‘tkazilgan sayyor qabulda ma’lum bo‘lgan. Universitet ma’muriyati talabalarning migratsiya hisobiga turish muddatini uzaytirish bo‘yicha ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etmagan. Buning oqibatida talabalar Rossiya hududida 90 kundan ortiq noqonuniy qolib ketgan deb hisoblanib, ularga 40 ming rubl miqdorida jarima solish talab qilingan edi.
Rossiya Federatsiyasining Inson huquqlari bo‘yicha vakili va Ichki ishlar vazirligi migratsiya xizmati hamkorligida o‘tkazilgan tekshiruvdan so‘ng...