Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi 13-yanvar kuni Qora dengizda Kaspiy quvurlari konsorsiumi dengiz terminaliga yo‘l olgan uchta tankerga dronlar orqali qilingan hujumlar yuzasidan munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan Yevropaning bir qator davlatlari elchilari bilan favqulodda uchrashuvlar o‘tkazilgan, shuningdek, AQSh tomoni va boshqa xorijiy hamkorlar bilan aloqalar olib borilgan. Ushbu muloqotlarda uglevodorodlarni, jumladan, dengiz yo‘llari orqali tashish xavfsizligini xalqaro huquq normalariga qat’iy rioya etgan holda ta’minlash bo‘yicha samarali choralar ko‘rish zarurligi alohida ta’kidlangan.
Qozog‘iston TIV mamlakat hech qanday qurolli mojaroda ishtirokchi emasligini, global va Yevropa energetika xavfsizligini mustahkamlashga muhim hissa qo‘shib kelayotganini hamda energiya resurslari yetkazib berilishini xalqaro...