Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq prezident Yun Sok Yolga nisbatan o‘lim hukmini chiqarishni talab qildi. Agar u 2024-yil dekabrida mamlakatda harbiy holat joriy etishga bo‘lgan muvaffaqiyatsiz urinishda aybdor deb topilsa, ushbu jazo qo‘llanilishi mumkin. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Isyonga rahbarlik qilish Yun Sok Yolga qo‘yilgan eng og‘ir ayblov bo‘lib, qonunchilikka ko‘ra, bu jinoyat uchun o‘lim jazosi yoki umrbod qamoq jazosi ko‘zda tutilgan. Janubiy Koreya qonunlariga asosan, isyon bilan bog‘liq ishlarda prokurorlar suddan aynan ushbu ikki jazodan birini so‘rashga majbur.
Yun barcha ayblovlarni rad qilib, harbiy holat joriy etilishi ramziy xarakterga ega bo‘lganini ta’kidlamoqda. Maxsus prokurorlarning ta’kidlashicha, garchi harbiy holat...