Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev Chirchiq shahridagi texnoparkka tashrif buyurib, mudofaa sanoati korxonalari faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Texnoparkda zirhli va maxsus texnikalar, shuningdek, ilgʻor funksional imkoniyatlari va texnik xususiyatlari bilan ajralib turadigan bir nechta turdagi masofadan boshqariladigan jangovar modullarni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.
Mazkur yechimlar harakatlanuvchi va turgʻun nishonlarga, jumladan, koʻrinish cheklangan sharoitlarda oʻt ochishni taʼminlaydi. Jangovar modullar avtomatlashtirilgan boshqaruv, barqarorlashtirish, optik va akustik kuzatuv tizimlari hamda zamonaviy nishonga olish vositalari bilan jihozlangan.
Davlat rahbariga ishlab chiqarish jarayonining asosiy bosqichlari – butlovchi qismlarni yigʻish, optik-elektron va...