2025-yilda iqtisodiyotda nominal va real ish haqining yuqori o‘sishi davom etdi. O‘rtacha oylik maosh 6,4 mln so‘mga yetdi. Bu haqda Markaziy bankning mehnat bozori sharhida ma’lum qilindi.
Yil yakuniga ko‘ra nominal ish haqi 18,9 foizga, real ish haqi esa 9,3 foizga oshdi. Sohalar kesimida eng yuqori o‘rtacha ish haqi moliya va sug‘urta sohasida 17,6 mln so‘mni tashkil etdi. Axborot-kommunikatsiya xizmatlarida esa bu ko‘rsatkich 15,3 mln so‘m bo‘ldi.
Eng past ish haqi qishloq xo‘jaligida 3,4 mln so‘m va ijtimoiy xizmatlarda 4,1 mln so‘m darajasida qayd etildi.
Ma’lumotga ko‘ra, real ish haqi eng ko‘p Namangan (13,1%), Sirdaryo (11,5%) va Jizzax...