O‘zbekistonda «Umra plus» ziyorat turizmi dasturi doirasida Milliy turizm yagona platformasi joriy etilmoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarorida belgilab qo‘yildi.
Qarorga muvofiq, joriy yil yanvar oyida platformada «Ziyorat turizmi» moduli yaratish belgilandi. Bu modul orqali sayyohlar turistik paketlar, mehmonxonalar va boshqa xizmatlarni bir joyda onlayn tarzda xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Fevral oyida esa Milliy turizm platformasi Traveloka, Agoda va Booking kabi xalqaro xizmatlar bilan integratsiyalashadi. Shu orqali xorijiy sayyohlar O‘zbekistonga kelishini osonlashtirish va mehmonxonalar hamda turistik paketlarni tez va qulay xarid qilish imkonini yaratish rejalashtirilgan.
Shuningdek, 2026 – 2027-yillar davomida platforma xizmatlari Malayziya turizm bozorida targ‘ib qilinadi...