Nubia kompaniyasi tomonidan Red Magic 11 Pro smartfoni bugun taqdim etiladi. Taqdimot arafasida ishlab chiqaruvchi qurilmaning asosiy texnik xususiyatlarini tasdiqladi.
Red Magic 11 Pro — Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessorida ishlaydigan va 8000 mA/soat sig‘imli batareyaga ega bo‘lgan birinchi smartfon bo‘ladi. Qurilmada 120 Vt simli va 80 Vt simsiz tezkor quvvatlash tizimi mavjud.
Yangi flagman ICE Magic nomli ilg‘or sovitish tizimi bilan jihozlangan. U suyuqlik va havo sovitish mexanizmlarini birlashtirib, 24 000 ayl/min tezlikda aylanadigan ventilyator yordamida issiqlikni tez tarqatadi.
Smartfon BOE X10 True Full Screen displeyiga ega. Ekran chetlarsiz, old kamera esa displey ostiga joylashtirilgan. Shuningdek, u...