O‘zbekistondagi nufuzli banklardan birining Amaliyot boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlovchi mansabdor pora olayotganda ushlandi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mansabdor xodim Toshkent viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi MChJda viloyat Soliq boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan audit natijasida aniqlangan salkam 73 mlrd so‘mlik soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z tanishlari orqali bekor qilib berish evaziga $110 ming talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda bank mansabdori kelishilgan pul mablag‘idan $30 mingini oldindan olayotgan vaqtida ashyo dalillar bilan ushlangan.
Holat bo‘yicha unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi...