So‘nggi kunlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek tilining Afg‘onistonda qo‘llanishiga cheklovlar joriy etilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi izoh berdi.
Unga ko‘ra, vazirlik masalaga aniqlik kiritish uchun Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi bilan bog‘landi. Afg‘oniston tomoni bu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirdi.
Afg‘oniston rasmiylariga ko‘ra, mamlakatda o‘zbek tilidan foydalanishga hech qanday taqiq yo‘q. Hozirda Afg‘onistonda ta’lim muassasalari peshtoqlaridagi yozuvlarni yagona tartibga solish ishlari olib borilmoqda. Unga ko‘ra, maktab va universitetlar nomlari pushtu, dariy hamda ingliz tillarida yozilmoqda.
Shu bilan birga, mamlakatning shimoliy hududlarida, jumladan, Samangan universitetida yozuvlar pushtu, dariy va o‘zbek tillarida berilishi belgilangan. Bu hududlarda o‘zbek...