Financial Times gazetasining xabar berishicha, G‘arbning Moskvaga qarshi sanksiyalari doirasida Rossiyaning Milliy hisob-kitob depozitariysida (NSD) taxminan $500 millionlik Telegram obligatsiyalari bloklandi.
Telegram ilgari bir nechta obligatsiyalar chiqargan, jumladan, 2025-yilning may oyida $1,7 milliardlik. FT ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya 2026-yilda muddati tugaydigan obligatsiyalarning aksariyat qismini sotib olgan, ammo $500 million mavjud bo‘lmagan. NSD 2022-yilda Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganidan so‘ng Yevropa Ittifoqi, AQSh va Buyuk Britaniyaning cheklovlari ostida qoldi.
Messenjer asoschisi Pavel Durov ilgari Rossiya bilan aloqalarni uzishini e’lon qilgan va Telegram’ning rasmiylar bilan hamkorligi haqidagi taxminlarni «fitna» deb rad etgan. Biroq FT’ning yozishicha, Rossiya depozitariysida qimmatli qog‘ozlarning bloklanishi kompaniyaning mamlakatga...