O‘zbekistonda 2025-yilning yetti oyi davomida 165 mingdan ortiq haydovchilarga yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima ballari qo‘llanildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot kotibi Zoyir Yo‘ldoshev ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, uch nafar haydovchi 7,5-8 jarima balligacha to‘plagan. Yana ikki haydovchida 6,5-7 ball, 12 nafar haydovchida esa 5,5-6 ball mavjud. Asosiy qism – 165 193 nafar haydovchi 0,5 dan 5 ballgacha bo‘lgan oraliqda jarima ballarini to‘plagan.
Shuningdek, faqat 2025-yilning oxirgi ikki oyida 50 mingdan ortiq haydovchilarga jarima ballari berilgan. Yo‘ldoshevning aytishicha, yuqori ball to‘plagan ayrim haydovchilar bilan bog‘lanilganda, ular jarima ballari haqida xabardor ekanini va hatto...