14-oktabr kuni Respublika bo‘yicha havo harorati kechasi 8–15°, kunduzi 23–30° atrofida bo‘ladi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
14-oktabr kuni Respublika bo‘yicha havo harorati kechasi 8–15°, kunduzi 23–30° atrofida bo‘ladi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 208-maktabda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Hodisa 13-oktabr kuni soat 17:20 da ta’mirlash ishlari vaqtida yuz bergan. Yong‘in binoning tom qismida boshlangan. O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga sakkiz daqiqada yetib kelishgan, yong‘in soat 17:39 da nazoratga olingan va 17:42 da to‘liq bartaraf etilgan.
Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, mazkur ta’lim muassasasi 7-iyuldan boshlab kapital ta’mir uchun yopilgan, o‘quvchilar esa yangi o‘quv yilida boshqa maktablarda tahsil olishmoqda.
Yong‘in vaqtida maktabda o‘qituvchilar ham, o‘quvchilar ham bo‘lmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentning Yangihayot tumanida xususiy uylardan biri yonib ketgani haqida xabar bergan edik.
Urugvay terma jamoasi jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida O‘zbekistonni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Bu haqda O‘FA ma’lum qildi.
O‘yin Malayziyaning Malakka shahrida, «Jang Jebat» stadionida, sun’iy yoritish ostida bo‘lib o‘tdi. Bu bahs O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro uchun ilk mag‘lubiyat bo‘ldi.
Dastlabki bo‘limda jamoalar teng kurash olib bordi, ammo gol urishning iloji bo‘lmadi. Eldor Shomurodov bir necha xavfli hujumlarni uyushtirgan bo‘lsa-da, hisob ochilmadi.
Ikkinchi bo‘limda Urugvay o‘yinga jon kiritdi. 50-daqiqada Facundo Torres Viñasning uzatmasidan so‘ng darvozani ishg‘ol etdi. Oradan ko‘p o‘tmay, yana Viñasning pasidan so‘ng Xuan Manuel Sanabriya farqni ikki barobarga oshirdi. O‘zbekiston esa 82-daqiqada...
2025-yil 26-oktabrdan boshlab Centrum Air aviakompaniyasi Toshkent va Rossiyaning Sankt-Peterburg shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi.
Aviakompaniya ma’lumotiga ko‘ra, parvozlar haftada uch marta – dushanba, seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi. Ushbu yo‘nalishning ochilishi ikki davlat o‘rtasidagi sayyohlik, ishbilarmonlik va madaniy aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Centrum Air 2023-yilda tashkil etilgan bo‘lib, shtab-kvartirasi Toshkent shahrida joylashgan. Kompaniya qisqa muddat ichida O‘zbekistonning faol rivojlanayotgan xususiy aviatashuvchilaridan biriga aylandi. 2025-yil avgust holatiga ko‘ra, aviakompaniya parkida 11 ta zamonaviy samolyot mavjud.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Centrum Air 2-oktabrdan Toshkent — Dehli yo‘nalishida muntazam parvozlarni boshlagan...
TBC Uzbekistan 2019-yilda O‘zbekiston bozoriga kirib kelgan bo‘lib, qisqa vaqt ichida mamlakatdagi yetakchi raqamli moliya ekotizimlaridan biriga aylandi. Bu haqda TBC vakillari Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.
2020-yilda TBC Bank ishga tushirilganidan so‘ng kompaniya faoliyatini kengaytirib, TBC Nasiya, TBC Sug‘urta va BILLZ xizmatlarini o‘z ichiga olgan yagona ekotizimni shakllantirdi.
2025-yilning ikkinchi choragi yakuniga ko‘ra, 21 mln noyob foydalanuvchi o‘z moliyasini TBC Uzbekistan ekotizimiga ishonib topshirgan — bu esa mamlakat aholining yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etadi. Besh yil ichida 5,6 mln bank kartasi chiqarildi, TBC Uzbekistan mijozlari esa 2,3 mln omonat hisob raqamlarini ochib, jami 2,9 mlrd AQSh dollari miqdorida mablag‘ jamg‘arishgan. Bugungi...
Bekobod shahrida DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy tamaki savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.
U Bekobod shahri 14-dahasidagi uyida umumiy qiymati 154,8 mln so‘mlik aksiz markasiz 6,7 ming quti tamaki va 236 quti elektron tamaki mahsulotlarini sotish maqsadida saqlab kelgani aniqlangan.
Shuningdek, Departamentning Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda bir fuqaro va uning sheriklari fuqaroga xorijda ishlab chiqarilgan, sifati va kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjatlarsiz besh ming quti aksiz markasiz tamakini 60 mln so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25 va 186-1-moddalari bo‘yicha...
Uzum kompaniyasi «O‘zbekiston pochtasi» AJ bilan hamkorlikni kengaytirib, uning infratuzilmasini modernizatsiya qilishga sarmoya kiritishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu orqali mamlakat aholisi, jumladan, chekka hududlardagi fuqarolar ham onlayn buyurtmalarni qulay tarzda amalga oshira oladi.
Uzum Market hozirgacha 650 dan ortiq buyurtma topshirish punktlarini ochgan va «O‘zbekiston pochtasi»ning IT hamda logistika tizimlarini rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda. Kompaniya 2026-yilgacha buyurtma topshirish punktlari sonini 1000 dan oshirishni, pochta orqali yetkaziladigan buyurtmalar ulushini esa 10 foizgacha ko‘tarishni rejalashtirmoqda.
«Kelgusi 3-4 yil ichida biz mamlakatga $1,5 milliarddan ortiq sarmoya kiritishni rejalashtirmoqdamiz va logistika infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan, «O‘zbekiston pochtasi» AJ bilan hamkorlikda...
Toshkent shahridagi 300-umumta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida sodir bo‘lgan janjal aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mazkur holatni o‘z nazoratiga olib, maxsus ishchi guruh orqali o‘rganish o‘tkazdi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, voqea 20-sentabr kuni darsdan so‘ng yuz bergan. 4-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari bilan og‘zaki tortishuvdan keyin janjal kelib chiqqan. Maktab ma’muriyati bu holat haqida profilaktika inspektori va maktab psixologlariga darhol xabar bergan.
Holat bo‘yicha o‘quvchilarning ota-onalari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga asosan javobgarlikka tortilgan. Bundan tashqari, maktab direktori va mas’ul xodimlarga intizomiy chora qo‘llanildi.
Avvalroq Mirobod tumanida o‘smirlar o‘rtasidagi mojaro jinoyat ishi bilan yakunlangandi. Unga ko‘ra, voqea...
Samarqandda Agroinspeksiya xodimi pora sabab qamoqqa olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, viloyatdagi Agroinspeksiya boshqarmasining yetakchi mutaxassisi fermer xo‘jaligida tekshiruv o‘tkazganida qonunbuzarlikni aniqlagan. U bu holat bo‘yicha choralar ko‘rmaslik evaziga $3 ming pora talab qilib, oldindan $500 olgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va viloyat prokuraturasi xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbir davomida mutaxassis qolgan $2,5 mingni olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Avvalroq Andijonda hokim o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushgandi. U mansab vakolatidan foydalanib, tuman hududidan o‘tgan katta yo‘l bo‘yidagi 400 metr uzunlikdagi...
O‘zbekistonda garov reyestrining ishi takomillashtiriladi. Bu haqda 13-oktabr kuni Markaziy bankda investorlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida ma’lum qilindi.
Mazkur uchrashuvdan so‘ng Markaziy bank huzuridagi «Garov reyestri» DUK rahbari Alimardon Adilov garov reyestrida kutilayotgan o‘zgarishlar haqida Kursiv Uzbekistan muxbiriga ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, investorlar hozirgi garov reyestri tizimini zamon talablari asosida modernizatsiya qilish, moliyaviy xizmatlar, jumladan, faktoring va muddatli to‘lov operatsiyalarini yanada rivojlantirish lozimligini ta’kidlagan.
Shuningdek, notariuslar bilan bog‘liq masalalar, xususan, banklarga garovga qo‘yilgan mol-mulk bo‘yicha taqiq qo‘yish huquqini berish va birlamchi hamda ikkilamchi bozorlarda operatsiyalarni tartibga solish masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, uchrashuvda xorijiy mamlakatlar tajribasi ham tahlil qilinib...
Xitoyda Hyundai Elexio EO elektromobili uchun oldindan buyurtmalar ochildi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.
Elexio EO Hyundai’ning E-GMP (Electric Global Modular Platform) platformasida yaratilgan birinchi sof elektromobildir. Model Qualcomm Snapdragon SA8295P chipi bilan jihozlanadi va CLTC bo‘yicha maksimal 722 km masofaga ega.
Avtomobil dizayni «H» harfining Mors kodi (to‘rtta nuqta) ilhomidan olingan bo‘lib, 152 ta LED elementdan iborat kvadrat shaklli faralar va ularni birlashtiruvchi yorug‘lik chizig‘i bilan ajralib turadi. Yon tomondan esa tom chizig‘i B-ustundan keyin pastga egilib boradi, eshik tutqichlari yashirilgan, D-ustun esa orqa tomondagi rangli element bilan uyg‘unlashgan.
Orqa qismda yuqoriga o‘rnatilgan segmentli tormoz chirog‘i va tomga...
Yevroittifoq mamlakatlari boshqa davlat fuqarolari uchun yangi kirish-chiqish tizimini (Entry/Exit System – EES) bosqichma-bosqich ishga tushira boshladi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
EES tizimiga ko‘ra, sayohatchilar chegaradan o‘tishda pasportlarini skanerdan o‘tkazib, barmoq izlari va yuz suratlarini topshirishlari kerak bo‘ladi.
Yangi tizimning asosiy maqsadi — vizasi tugagan bo‘lsa ham mamlakatda qolayotganlarni aniqlash, shaxsni soxtalashtirish holatlarining oldini olish va noqonuniy migratsiyani kamaytirishdan iborat.
Endilikda Yevropa Ittifoqiga kirmaydigan davlat fuqarolari birinchi marta Schengen hududiga kirishda shaxsiy ma’lumotlarini ro‘yxatdan o‘tkazishlari kerak. Keyingi safarlarda esa faqat yuzni skanerlash orqali kirishadi.
Tizim to‘liq 2026-yil 10-aprelgacha ishga tushiriladi. Shu vaqtdan boshlab pasportga muhr bosish...
O‘zbekistonlik ikki karra Olimpiya chempioni Bahodir Jalolov 14-noyabr kuni Toshkentdagi «Humo Arena» majmuasida boʻlib oʻtadigan boks oqshomida ringga koʻtariladi.
Manbada ta’kidlanishicha, hozircha Jalolovning raqibi kim boʻlishi noma’lum. Shuningdek, mazkur oqshomda bir qator taniqli oʻzbekistonlik bokschilar ham ishtirok etadi. Jumladan, Shahram Gʻiyosov, Lazizbek Mullajonov, A’loxon Abdullayev, Ozodbek Aliyev va Suhrob Qayumov ringga chiqishadi.
Kechaning asosiy jangida Mullajonov qatnashib, u WBC kamari uchun bahs olib borishi kutilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Bahodir Jalolov soʻnggi jangini 6-oktabr kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib oʻtgan «IBA Pro 10» turnirida mahalliy bokschi Vitaliy Kuduxovni hakamlar qaroriga koʻra magʻlub etgan edi.
Ma’lumot uchun, Jalolov professional boksda 16 ta jang...
1-oktabrdan boshlab Toshkent shahri va Yangiyo‘l tumanida ijtimoiy kartalar orqali amalga oshirilgan xaridlar uchun qo‘shimcha qiymat solig‘i (QQS)ni avtomatik qaytarish tizimi ishga tushdi.
Ilgari buning uchun xaridorlar QR-kodni skanerlashi kerak edi. Endi esa tizim avtomatik tarzda ishlaydi.
Ushbu imkoniyat kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular Yagona ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan bo‘lishi kerak.
Vaqtincha tartibga ko‘ra, bunday oilalarga har oy 10 baravar BHM (4,12 mln so‘m) miqdorigacha bo‘lgan xaridlardan QQS (12 foiz) summasi qaytariladi. Bitta xarid bo‘yicha eng ko‘p qaytariladigan summa 494,4 ming so‘mni tashkil etadi.
QQS qaytarilishi mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi: qo‘y...
Mamlakatning birinchi mudofaa vaziri, iste’fodagi general-polkovnik Rustam O‘rmonovich Ahmedov 12-oktabr kuni 82 yoshida vafot etgan edi. Shavkat Mirziyoyev marhumning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.
Rustam Ahmedov 1943-yil 10-noyabrda Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida tug‘ilgan. U Toshkent oliy tank qo‘mondonlik bilim yurtida va Moskva shahridagi Zirhli tank qo‘shinlari akademiyasida tahsil olgan.
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng Rustam Ahmedov mamlakatning birinchi mudofaa vaziri sifatida milliy armiyani shakllantirishda muhim rol o‘ynagan. Uning rahbarligida Qurolli Kuchlar Birlashgan shtabi tashkil etildi, harbiy okruglar tuzildi va mudofaa tizimi tubdan takomillashtirildi. Shuningdek, u boshqa kuch tuzilmalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda ham faol ishtirok etgan.
1997 – 1998-yillarda Rustam Ahmedov...
14-oktabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 12 149,55 so‘m (+8,64 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.
So‘nggi besh kun ichida dollar kursida pasayish ustun bo‘ldi. 7-oktabr kuni dollar 12 022,90 so‘mga (-37,58 so‘m) tenglashdi. 8-oktabr kuni AQSh valyutasi 15,78 so‘m oshib, 12 038,68 so‘m etib belgilandi. 9-oktabr 12 072 03 so‘m (+33,35 so‘m) etib belgilandi. 10-oktabr uchun AQSh valyutasi 12 123,38 so‘m (+51,35 so‘m) etib belgilandi. 13-oktabr kuni dollar 12 140,91 so‘mga (+17,53 so‘m) tenglashdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 34,30 so‘mga tushib, 14 087,40 so‘mni, rubl esa 1,03 so‘mga oshib...
Milliy pochta operatori «Oʻzbekiston pochtasi» aksiyalarining xususiylashtirilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Kompaniya rasmiy bayonotida aytilishicha, hozirda asosiy e’tibor infratuzilmani modernizatsiya qilish, logistika tizimini rivojlantirish va raqamli texnologiyalarni joriy etish uchun investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan.
«Bugungi kunda dunyo miqyosida an’anaviy pochta xizmatlariga talab kamayib borayotgani, shu bilan birga, elektron tijorat va yetkazib berish xizmatlari hajmining jadal oʻsayotgani bois, koʻrsatilayotgan xizmatlarning qulayligi va texnologik darajasiga boʻlgan talab ortib bormoqda. Shu sababli ʼOʻzbekiston pochtasiʼ AJ investitsiyalarni jalb etish masalasini koʻrib chiqmoqda», — deyiladi kompaniya bayonotida.
Kompaniya rahbariyati ta’kidlashicha, bu jarayon «Oʻzbekiston pochtasi» faoliyatini uzoq muddat barqaror saqlash...
Iqtisodiyot bo‘yicha 2025-yilgi Nobel mukofoti amerikalik iqtisodchi Joel Mokyer, fransuz olimi Filippe Agion va kanadalik Peter Hovitga berildi. Bu haqda qo‘mita saytida ma’lum qilindi.
Mukofotning yarmi Joel Mokyerga (Northwestern universiteti, AQSh) texnologik taraqqiyot orqali barqaror o‘sish shartlarini aniqlab bergani uchun, qolgan yarmi esa Filippe Agion (Collège de France, INSEAD, LSE) va Peter Hovitga (Brown universiteti, AQSh) ijodiy vayronkorlik orqali barqaror o‘sish nazariyasi uchun beriladi.
Mukofot egalari iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli mexanizmini tushuntirib bergan. So‘nggi ikki asr ichida insoniyat tarixida birinchi marta barqaror iqtisodiy o‘sish kuzatildi, bu esa millionlab odamlarni qashshoqlikdan chiqardi va hozirgi farovonlik asosini yaratdi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv...
Toshkent metropolitenining ta’mirlash ishlari sababli yopilgan «Yerusti halqa yoʻli» yoʻnalishi 1-noyabrdan boshlab yana yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni boshlashi kutilmoqda. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’mirlash va profilaktika ishlari davomida 14 ta bekat — «Texnopark»dan «Qipchoq»gacha boʻlgan yoʻnalishda poyezdlar harakati vaqtincha toʻxtatilgan edi. Ushbu davrda yoʻl tekisligi qayta tiklandi, eskirgan shpallar almashtirildi, drenaj tizimi holati oʻrganildi hamda shagʻal qatlamining mustahkamligi sinovdan oʻtkazildi.
Avvalroq yoʻnalish 18-oktabrda ochilishi rejalashtirilgan edi, biroq texnik sinovlarni yanada mukammallashtirish va poyezdlar harakatini ikki baravar tezlashtirish maqsadida ochilish sanasi 1-noyabrga qoldirildi.
Hozirda ushbu yoʻnalishda poyezdlar yoʻlovchilarsiz sinov tartibida harakatlanmoqda. Sinov natijalari muvaffaqiyatli yakunlangach, yoʻnalish toʻliq...
Birlashgan kurash dunyosi (UWW) prezidenti Nenad Lalovich Toshkentdagi Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurib, majmuaning imkoniyatlari bilan tanishdi. Bu haqda MOQ xabar bermoqda.
Mehmonni Sport vazirligi va Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati kutib olgan. Lalovich shaharchadagi sport inshootlari, mashg‘ulot zallari hamda xalqaro musobaqalar o‘tkazishga mo‘ljallangan zamonaviy sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
U tashrif chog‘ida majmuaning infratuzilmasi, sportchilar uchun yaratilgan qulayliklar va xalqaro talablarga javob beradigan texnik sharoitlardan katta taassurot olganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Toshkentda qiymati $290 mlnlik Olimpiya shaharchasi ochilgani haqida yozgan edi.
«Toshkent» respublika fond birjasi (RFB)da joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 3-oktabrdan 10-oktabrgacha bo‘lgan davrda turli dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 0,18 foizga pasaydi.
Ushbu davr mobaynida «Garant bank» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 12,02 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «Chilonzor buyum savdo kompleksi» aksiyalari (+9,09%) va «Aloqabank»ning imtiyozli (+6,04%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.
O‘z navbatida, «O‘zsanoatqurilishbank» aksiyalari 7,23 foizga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini qayd etdi. Bundan tashqari, «Aloqabank»ning oddiy aksiyalari (-2,27%) va «Kvarts» (-2,04%) aksiyalari ham pasayish bilan ajralib turdi. Faqatgina «UzAuto Motors» va «Biokimyo» aksiyalari narxida o‘zgarish kuzatilmadi.
Ushbu davrda bitimlar soni bo‘yicha «Kapital sug‘urta» (581 ta), «Hamkorbank...
Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida suyultirilgan gaz mahsulotini noqonuniy saqlash holati aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, Eshonquduq qishlog‘ida yashovchi fuqaro xonadonidan 150 dona gaz balloni (109 tasi to‘la, 41 tasi bo‘sh) topildi.
Gaz ta’minoti bo‘limi haydovchisi va chilangar ballonni aholiga tarqatmasdan, noqonuniy tarzda ushbu uyga tushirgan. Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.
Avvalroq Rossiya 2025-yilning dastlabki sakkiz oyi davomida Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻizistonga tabiiy gaz yetkazib berish hajmini 15 foizga oshirgani haqida xabar bergandi. Unga koʻra, «Sibir kuchi-2» magistral gaz quvuri Markaziy Osiyo davlatlariga gaz eksportini kengaytirish imkonini beruvchi asosiy loyihalardan...
Xitoyning Xiaomi kompaniyasi aksiyalari 8,7 foizga pasayib, 47,5 Gonkong dollari ($6,11) darajasiga tushdi. Bu so‘nggi 5,5 oy ichidagi eng past ko‘rsatkich bo‘ldi.
Pasayish sababi kompaniyaning SU7 Ultra elektromobili bilan bog‘liq avariya haqidagi xabar bo‘ldi, deb yozadi Trading View.
Hodisa 13-oktabr kuni ertalab Chendu shahrida sodir bo‘lgan. Mahalliy OAV ma’lumotiga ko‘ra, haydovchi mashina yonayotgan paytda eshik qulflanib qolganligi sababli chiqib keta olmagan. Bir necha kishi unga yordam berishga uringan, ammo voqeaning keyingi tafsilotlari noma’lum.
Yicai nashri voqea yuzasidan yong‘in xavfsizligi xizmatiga so‘rov yuborgan, biroq javob olinmagan.
Xiaomi SU7 Ultra o‘tgan yili kuzda taqdim etilgan, savdosi esa joriy yil mart oyida...
Toshkent viloyati hududlarini poytaxt bilan bog‘lash ishlarini davom ettirish maqsadida yangi 197-sonli avtobus yo‘nalishi ishga tushirildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Ushbu yo‘nalishdagi avtobuslar «O‘zbekiston mehmonxonasi» bekatidan «Yangi Toshkent» bekatigacha harakatlanadi. Unda 9,5 metrli, o‘rta sig‘imli sakkizta zamonaviy Yutong avtobuslari soat 05:30 dan 22:50 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Avvalroq Toshkentga 2026-yilgacha 1,2 mingta yangi avtobus olib kelinishi haqida xabar berilgandi. Transport vazirligi senator soʻroviga javoban Toshkent shahrida jamoat transportini modernizatsiyalash boʻyicha yirik dastur amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.
Dasturga koʻra, 2025-yil oktabr oyida poytaxtga 200 dona yangi elektrobus olib kelinadi, 2026-yilda esa qoʻshimcha 1000 ta avtobus xarid qilinadi...