«O‘zbekiston – 2030» strategiyasining takomillashtirilgan loyihasiga ko‘ra, mamlakatda ichimlik suvi xizmatlaridan doimiy foydalanish imkoniyatiga ega aholi ulushi 2030-yilgacha 85 foizgacha oshiriladi.
Bunda ichimlik suvi xizmatlaridan doimiy foydalanish qamrovini joriy yilda 82 foizga, 2027-yilda 83 foizga, 2028-yilda 84 foizga, 2029-yilda 84 foizga yetkazish maqsad qilingan. «O‘zsuvta’minot» AJ ma’lumotlarida keltirilishicha, 2025-yilda aholining 82 foizi allaqachon markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlangan.
Shuningdek, Tuyamo‘yin suv ombori hajmini qo‘shimcha 1 mlrd kub metrga kengaytirib, 1,2 mln gektarda suv ta’minotini yaxshilash va ichimlik suv zaxirasini yaratish reja qilingan.
Hujjatda yozilishicha, suvdan oqilona foydalanish madaniyati va suv ishlatish samaradorligi yanada oshiriladi. 2030-yilgacha suv ishlatish...