AQShda 1987-yilda ishlab chiqarilgan Chevrolet Camaro IROC-Z 37 yil davomida deyarli haydalmagan holda garajda saqlangan. Bu haqda Carscoops xabar berdi.
Avtomobil shu vaqt ichida atigi 167 km yo‘l bosgan. Shu sababli u bugun deyarli yangi holatda saqlanib qolgan. Avtomobil dastlab Shimoliy Karolinadagi Modern Chevrolet salonida sotilgan. Hozir esa Florida shtatida Facebook Marketplace orqali sotuvga qo‘yilgan.
IROC-Z versiyasi oddiy tashqi ko‘rinish bilan cheklanmagan. Model kuchaytirilgan osma tizimi, yaxshilangan tormozlar va sport uslubidagi dizayni bilan ajralib turgan. Ushbu avtomobil 5,7 litrli V8 dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, 230 ot kuchiga ega. Uzatmalar qutisi to‘rt pog‘onali avtomat, tortish kuchi esa orqa g‘ildiraklarga uzatiladi.