4-yanvar sanasi mintaqaviy integratsiya, koinotni zabt etish va arxitektura mo‘jizalarining yaratilishi bilan tarixda qolgan. Kursiv Uzbekistan kunning eng muhim voqealarini xronologik tartibda taqdim etadi.
1785-yilda nemis filologi va folklorshunosi Yakob Grimm tavallud topdi. U ukasi Vilgelm bilan birgalikda nemis xalq og‘zaki ijodini to‘plab, «Zolushka», «Oppog‘oy», «Bremen sozandalari» kabi dunyoga mashhur ertaklarni kitob holiga keltirgan. Shuningdek, Yakob Grimm german tillari tarixi va grammatikasini chuqur o‘rganib, tilshunoslik faniga katta hissa qo‘shgan.
1936-yili AQShda musiqa sanoatining eng nufuzli nashrlaridan biri bo‘lgan «Billboard» jurnali o‘zining ilk hit-paradini e’lon qildi. Dastlabki reytinglar plastinkalar savdosi asosida tuzilgan bo‘lib, bu voqea shou-biznesda raqobat va ommaviylikni...