Counterpoint Research e’lon qilgan Q3 2025 hisobotiga ko‘ra, Samsung bukiluvchi ekranli smartfonlar bozorida dunyo bo‘yicha eng katta yetkazib beruvchi bo‘ldi.
Kompaniya chorak davomida umumiy jo‘natmalarning 64 foizini tashkil etdi. O‘tgan yilda kompaniyaning ulushi 56 foiz edi Tahlilchilarga ko‘ra, bozor ulushining oshishiga Galaxy Z Fold 7 va Galaxy Z Flip 7 modellarining muvaffaqiyatli taqdimoti asosiy omil bo‘ldi. Yangi qurilmalar texnik imkoniyatlari va dizayni bilan xaridorlar qiziqishini kuchaytirdi.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Huawei 15 foiz va Motorola 7 foiz bozor ulushi bilan egalladi. Bu kompaniyalar o‘tgan yilgi pozitsiyalarini saqlab qoldi. Keyingi o‘rinlarda Honor 6 foiz, Vivo 4 foiz va Xiaomi...