O‘zbekistonda qimmatli qogʻozlar chiqarilishining umumiy hajmi 269,1 trln soʻmni tashkil etib, o‘tgan yildagiga nisbatan 24,2 foiz oʻsdi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2025-yildagi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda Kursiv Uzbekistan muxbiri.
Ta’kidlanishicha, 2025-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston kapital bozorining umumiy hajmi 284,6 trln so‘mga yetdi. O‘tgan yilda Agentlik tomonidan sohalarni tartibga solish bo‘yicha jami 2 ta qonun, 3 ta Prezident hujjatlari va 3 ta Vazirlar Mahkamasi qarorlari qabul qilingan. Shuningdek, huquqiy bazani takomillashtirish doirasida 23 ta idoraviy hujjat tasdiqlangan.
Shuningdek, korporativ obligatsiyalar hajmi qariyb uch barobarga oshib, 4 trln so‘mgacha yetgan. «Toshkent» respublika fond birjasidagi...