Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangi Islom sivilizatsiyasi markazining zamonaviy ekspozitsiyasi va infratuzilmasi bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Majmua Hazrati Imom majmuasi hududida, 10 gektar maydonda joylashgan. Uch qavatli bino uzunligi 161 metr, kengligi 118 metr, gumbazi balandligi 65 metrni tashkil etadi. Umumiy foydalanuvchi maydoni 42 ming kvadrat metrdan oshadi. Markazda muzey zallari, 45 mingdan ortiq nashr fondiga ega kutubxona, 550 o‘rinli konferensiya zallari, shuningdek, restavratsiya va eksponatlarni raqamlashtirish laboratoriyalari mavjud.
Prezident markazning Qur’on zalidagi gologramma-mapping, yulduzli osmon tasvirlangan interaktiv eksponatlarni ko‘zdan kechirdi. Bu zalda 90 dona Swarovski toshi va 650 dan ortiq yoritqich ishlatilgan, shuningdek, Somoniylar...