23-dekabr kuni oltin quymalar narxi avvalgi rekordni yana bir bor yangiladi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Regulyator xabariga ko‘ra, narxlar barcha toifadagi quymalar bo‘yicha o‘sdi. Xususan, 5 grammli quyma 8,868 mln so‘mga, 10 grammli quyma 17,736 mln so‘mga, 20 grammli quyma 35,472 mln so‘mga ko‘tarildi.
Shuningdek, 50 grammli quyma 88,679 mln so‘m, 100 grammli esa 177,358 mln so‘mni tashkil qildi.
Jahon bozorida ham oltin narxi yuqori o‘sishni qayd etdi. Xususan, 23-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:05 holatiga ko‘ra, jahon bozorida oltinning spot narxi bir troya unsiyasi uchun $4476,91 ga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17-oktabr kuni 5 grammli quyma...