O‘zbekistonlik 41 yoshli ayol internet orqali tanishgan erkakka ishonib, $290 ming yo‘qotdi. Gumonlanuvchi Turkiya fuqarosi, 26 yoshli Ahmad Uzmen ekani aytilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak ayol bilan internet orqali tanishib, sevgi va nikoh va’dalari bilan uning ishonchiga kirgan. U birga yashash va baxtli oila qurish rejalari haqida gapirib, kuchli hissiy aloqa o‘rnatgan.
Dastlab u ayoldan $3,5 ming so‘rab, kelajakda birga yashaydigan uy uchun mebel xarid qilishini aytgan. Keyinroq yangi uy sotib olish bahonasida yana $30 ming talab qilgan.
Ikki oy o‘tib ular shaxsan uchrashgan. Erkak o‘zini 35 yoshda deb tanishtirgan, aslida esa u 26 yoshda bo‘lgan. U munosabat davomida turli...