Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xon va uning rafiqasi Bushra Bibi 17 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Euronews xabar berdi.
Pokiston sudi ularni korrupsiyada aybdor deb topdi. Bu juftlik Xon hokimiyat tepasida bo‘lgan paytda Saudiya hukumatidan sovg‘alarni, jumladan, zargarlik buyumlarini bozor qiymatidan ancha past narxlarda sotib olganlikda ayblanmoqda. Prokurorlarning so‘zlariga ko‘ra, Xon va uning rafiqasi sovg‘alarning qiymatini 8500 yevrodan sal ko‘proq deb e’lon qilgan, bu ularning haqiqiy bozor qiymatidan (244 700 yevro) ancha past, bu esa ularga buyumlarni chegirma bilan sotib olish imkonini bergan.
Pokiston qonunlariga ko‘ra, hukumat amaldorlari va siyosatchilar xorijiy amaldorlardan olingan sovg‘alarni ularning taxminiy bozor...