Qatar Airways aviakompaniyasi Boeing 777 rusumidagi barcha 54 ta samolyotini Starlink interneti bilan jihozladi. Bu haqda Avianews nashri xabar berdi.
Endi parvoz chog‘ida yo‘lovchilar nafaqat uchish yoki qo‘nish vaqtida, balki samolyot uchayotganda ham to‘liq va bepul internetdan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Aviakompaniya bergan ma’lumotga ko‘ra, samolyot bortidagi internet tezligi 500 Mbit/s gacha yetadi. Bu ko‘rsatkich hozirda zamonaviy optik tolali internet tarmoqlariga teng va hattoki uydagidan tezroq ishlaydi. Signal kechikishi esa atigi 20 – 40 millisoniyani tashkil etadi.
Dastlab aviakompaniya bu tizimni 2 yil davomida joriy qilishni rejalashtirgandi, biroq muhandislar modernizatsiyani atigi 9 oyda yakunladi. Har bir samolyotni jihozlash ishlari odatdagi...