Joriy yilning 17 – 22-dekabr kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi sabab respublikaning bir qator tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.
Xususan, ushbu kunlarda:
Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida; Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida; Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida; Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida; Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari); Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.Gidrometeorologiya xizmati agentligi tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanayotgan haydovchilardan ehtiyotkorlik choralariga qat’iy rioya qilishni so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, 16-dekabr...