Surxondaryo viloyatida yashovchi fuqaro salkam 51 kg «gashish» giyohvandlik moddasi bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 1985-yil tug‘ilgan shaxs «Kobalt» rusumli avtotransport vositasida 50 kg 978 gr «gashish» modda bilan ushlangan. Uning yashash xonadonidan 186 gr «gashish» topildi. Shuningdek, uning 1986-yilda tug‘ilgan sherigi ham ushlangan.
Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi 2000-yilda tug‘ilgan shaxs «Telegram» orqali sintetik giyohvandlik vositalari sotish vaqtida ushlangan. Fuqaro 225 gr «Alfa PVP», uning 2005-yilda tug‘ilgan tanishi esa 2 dona «Regapen» dorisi bilan qo‘lga olingan. Dori vositasi Mirzo Ulug‘bek tumanidagi dorixonadan sotib olingani aniqlandi. Norasmiy sotuvchi 14 dona «Regapen»ni...