Yevropa Ittifoqi Google’ning nashriyotlar tomonidan yaratilgan onlayn materiallar va YouTube’ga yuklangan videolardan sun’iy intellekt modellarini o‘qitishda qanday foydalanayotgani ustidan navbatdagi antimonopoliya tergovini boshladi. Bu haqda Reuters nashri xabar berdi.
Bu kompaniyaga nisbatan so‘nggi bir oy ichida ochilgan ikkinchi katta surishtiruv bo‘lib, Yevropa texnologiya gigantlari ustidan nazoratni keskin kuchaytirayotganidan darak beradi.
Brusselning bayonotiga ko‘ra, asosiy e’tiroz Google’ning AI Overviews, ya’ni izlash natijalari ustida paydo bo‘ladigan sun’iy intellekt asosidagi qisqa xulosalar uchun nashriyotlar kontentidan yetarli kompensatsiya to‘lamasdan foydalanayotgani bilan bog‘liq. Xuddi shunday xavotirlar YouTube videolari bo‘yicha ham bildirilgan: foydalanuvchilar yuklagan videolar SI modellarni o‘qitishga jalb etilishi mumkin, lekin yaratuvchilarga bu borada...