Hamma avtomobillar ham birdek ishonchli emas. Ba’zilari tez-tez nosozlik chiqargani va yuqori texnik xizmat xarajatlari bilan mashhur. AQShdagi German Car Depot servisining egasi, mexanik Alan Gelfand 2025-yilda xarid qilmaslik kerak bo‘lgan 4 ta avtomobil haqida ma’lum qildi.
Nissan Altima
Nissan Altima (2013 – 2020) tashqi ko‘rinishi zamonaviy bo‘lsa-da, uning asosiy muammosi variator hisoblanadi. Mexanikning so‘zlariga ko‘ra, CVT tez-tez ishdan chiqadi va 100 ming km atrofida butunlay almashtirishga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston bozorida bu sedanlar 145 – 240 mln so‘m oralig‘ida sotilmoqda.
Chevrolet Spark
Chevrolet Spark arzonligi bilan jozibador ko‘rinsa-da, past yig‘ilish sifati, baland shovqin va sust dinamika uni yomon tanlovga...